JCH-2026 saralashi. Ertaga Timur Kapadze 4-bosqichga qura tashlaydi

  • Mr.NoBoDy 16.07.2025 13:08
  • 30
  • 30

Ertaga, 17 iyul, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da Malayziyaning Kuala-Lumpur shahridagi OFK binosida Jahon chempionati saralashi 4-bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Osiyoga ajratilgan 8 ta to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaning 6 tasi allaqachon o'z egalarini topgan. Uchinchi saralash bosqichida o'z guruhlarida uchinchi va to'rtinchi o'rinni egallagan jamoalar — Indoneziya, Iroq, O'mon, Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA pley-off orqali yana bir imkoniyatga ega bo'lishadi. Bu o'yinlar 8 oktyabrdan 14 oktyabrga qadar bo'lib o'tadi.

Jamoalar uchta jamoadan iborat ikkita guruhga bo'linadi. Faqatgina guruh g'oliblari keyingi yildagi mundialga yo'l oladi. Har bir guruh markazlashtirilgan maydonda (Qatar va Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi) yagona davra tizimida o'ynaladi.

Qura tashlash uchun savatchalar (FIFA reytingiga qarab):

1-savatcha: Qatar (FIFA reytingidagi o'rni: 53), Saudiya Arabistoni (58)
2-savatcha: Iroq (59), BAA (66)
3-savatcha: O'mon (79), Indoneziya (118)

Ushbu guruh bosqichi yakunlangach, har bir guruhda ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar 13 va 18 noyabr kunlari uy-safar tizimida pley-offda to'qnash kelishadi. Bu bosqich g'olibi Osiyo qitasidan FIFA qitalararo pley-off turnirida ishtirok etadi.


Biroz avval ertangi quraning repeticiyasi bo'lib o'tdi. Bu haqda Jamoliddin Bobojonov telegramdagi kanalida malum qildi. 


Ўхшаш янгиликлар