U-17 Osiyo kubogi. O'zbekiston - S.Arabistoni 1:0 (MATNLI TRANSLYACIYA)

  • Mr.NoBoDy 20.04.2025 21:16
  • 147
  • 30

Bugun U-17 Osiyo kubogining final bellashuvi bo'lib o'tadi.

Unda Islom Ismoilov boshchiligidagi O'zbekistonga Saudiya Arabistoni o'smirlari raqib bo'lishadi. Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari malum bo'ldi.

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH




51 - GOOOOOLLLLL, 2 kishi kam bo'lib ham gol urib qo'yaveramiz bularga. Olg'a, O'zbekiston! rahmat, yigitlar. Muhammad Hakimov penaltini juda sovuqqonlik bilan ijro etdi.

49 - Penalti tepamiz, bosh hakam qiynalib, oqarib ketib 11 metrlikni ko'rsatdi.

48 - Penalti tepishimiz mumkin, bosh hakam VARni borib ko'rmoqda. 11 metrlik bor... O'zbekiston MTJ KXDR bilan o'ynagandagi epizod yodingizdami? O'shanda Umarga qizil va darvozamizga peknalti belgilangandi.

46 - Ikkinchi bo'lim boshlandi. Tarkibimizda Shukurullaev va Sodiqov o'rniga Aliev va Saidmurodov tushirildi.

Tanaffus!

45+2 - Yana qizil... Endi Miraziz Abdukarimov maydondan chetlatilmoqda. Birga bir ketayotgan Sabri Dahalni to'xtatib qolgani uchun futbolchimizga qizil ko'rsatildi. Amallashyapti...

43 - Endi Musaxonov raqibni turtdi, yigitlar provakaciyaga uchish kerak emas...

42 - Qoyil, bosh hakam ham, VAR hakami ham qizil bor deb topdi. Sarsenbaev oyog'ining yumshoq qismi bilan biroz tekkandi, ular shunchaki shunga o'xshash epizodni kutib turishgandi.

40 - Qizil, bosh hakam kutib turgandek birgina va kichik epizod uchun Nurbek Sarsenbaevni maydondan chetlatmoqda. VARni tanglapti endi...

31 - Sariq, Himoyachimiz Muhammad Hakimov ogohlantirildi.

29 - Sabri Dahal birga bir chiqib ketayotgandi, posbonimiz Nematulloh Rustamjonov vaqtida yugurib chiqdi.

26 - Zarbaaa, Shukurullaev jarima maydonida ichida qisqa masofada 3 raqibni aldab zarba berdi, posbon joyida.

17 - Abubakir Shukurullaevning zarbasi noaniq chiqdi.

14 - Sarsenbaevning jarima maydoniga erlatib uzatgan to'pi darvozabondan o'tib ketdi, buni esa Sadriddin Hasanov kutmagandi.

13 - Matari Bahodirxonovdan qochib ketish uchun hamma kuchini sarflab yubordi va zarba berishga kuchi qolmadi)

7 - Sadriddin Hasanov raqib jarima maydonida yiqildi, ammo hakam VARni tinglaganidan keyin penalti yo'qligini ko'rsatdi.

6 - Zarba, Abdulrahmon Sufyonining jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq.

2 - O'smirlarimiz ilk shturmni uyushtirishga urinishdi. Tezda oldinga borishga intilyapmiz, odatdagidek.

1 - Uchrashuvga start berildi. Fayzimizni bersin!

Assalom alaykum qadrli o'zbek futboli ihlosmandlari! Bugun O'zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo chempionligi uchun Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi. Musobaqa mezbonlarini guruh bosqichida 3:0 hisobida engganimiz hammani yodida bo'lsa kerak. O'shanda bugun zaxirada o'tirgan futbolchilarimiz Jamshidbek Rustamov 2ta va Asilbek Aliev bitta to'p kiritishgan edi.


U-17 Osiyo kubogi, final

20.04.2025, 20:00

"Qirol Fahd", Toif

O'zbekiston U-17 - Saudiya Arabistoni U-17 0:0 LIVE

Bosh hakam: Muhammad Ahmad Al-Shammari (Qatar)

Qanot hakamlari: Yusuf Aref Al-Shamari (Qatar), Nuannid Dornjangrid (Tailand)

Zaxira hakami: Kim YU-Jeong (Koreya R.)

VAR hakami: Daniel Jon Elder (Avstraliya)

O'zbekiston: 21.Nematulloh Rustamjonov, 3.Muhammad Hakimov 4.Mo'minxon Bahodirxonov (s), 6.Miraziz Abdukarimov, 7.Sadriddin Hasanov, 9.Nurbek Sarsenbaev, 10.Muhammad Habibullaev, 11.Sayfiddin Sodiqov (20.Asilbek Aliev, 46), 15.Muhammadali Musaxonov, 18.Abubakir Shukurullaev (14.Behruz Saidmurodov, 46), 19.Azizbek Erimbetov.

Zaxira: 1.Ibrohim Shokirov, 12.Bahodir Izboskanov, 2.Hojiakbar Botiraliev, 5.Amirxon Murodov, 8.Akbar Muhammadov, 13.Abdulloh Fazliddinov, 16.Azizbek Abdumo'minov, 17.Jamshidbek Rustamov, 22.Faridjon Abdullaev, 23.Dilyorbek Mahmudjonov.

Saudiya Arabistoni: 21.Abdulrahmon Al Otaibi, 2.Yazid Al Dosari, 3.Nosir Al Fihani 6.Said Al Dossari, 9.Ablulhadi Matari, 10.Abdulrahmon Sufyoni, 11.Sabri Dahal, 12.Adel Bin Hibah, 18.Abdulaziz Al Favaz, 20.Abu Bakr Said, 23.Mahir Tavashi.

Zaxira: 1.Muhammad Bo Hulaif, 22.Vafi Alaklubi, 4.Turki Naji, 5.Muayad Salim, 7.Alvalid Al Oufi, 8.Tari Said, 13.Osama Al Dag'mah, 14.Abdulaziz Asiri, 15.Muhammad Al Qarni, 16.Habib Al Antaif, 17.Salim Abdulloh, 19.Muxtar Barnavi.

Ogohlantirishlar: A.Shukurullaev 28, M.Hakimov 31

Chetlatishlar: N.Sarsenbaev 40, M.Abdukarimov 45+2


Ўхшаш янгиликлар