Braziliya murabbiyi: «Rossiyaga qarshi o‘yin haqida hech narsa bilmayman»

  • Mr.NoBoDy 06.05.2025 13:33
  • 84
  • 30

Braziliya terma jamoasi murabbiylar shtabi a’zosi Klaudio Taffarel Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi haqidagi xabarga izoh berdi.

«Men Rossiya bilan o‘yin bo‘yicha hech narsa bilmayman. Hozirda terma jamoa uchun asosiy masala — yangi bosh murabbiyni topish. Chunki iyun oyida Jahon chempionati saralash bosqichidan ikki o‘yin bor», — deb Taffarelning so‘zlarini keltiradi «Chempionat» nashri.

Ma’lumki, 2022 yil fevralidan beri Rossiya terma jamoasi FIFA va UYEFAning qo‘shma qaroriga asosan xalqaro musobaqalarda qatnashishdan chetlatilgan. Shu bois Valeriy Karpin boshchiligidagi jamoa faqat o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishi mumkin. Iyun oyida Rossiya termasi Nigeriya va Belarusga qarshi o‘ynashni rejalashtirgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar