"Barselona" futbolchilari "Juzeppe Meacca" stadionida yolg'izlatib qo'yilmaydi. Lombardiyada ularni 3064 nafar klub azosi va 1027 nafar fan-klub azosi qo'llab-quvvatlaydi. Uchrashuv "Barselona" muxlislarining bu mavsumdagi eng katta guruhini o'ziga jalb qilishi bilan ahamiyatli bo'ladi, chunki kataloniyalik muxlislar soni Lissabondagi "Eshtadiu da Lush" va Dortmunddagi "Signal Iduna Park" stadionlariga kelganlar sonidan oshishi kutilmoqda.
Butun dunyodan jami 158 fan-klub sayohatga boradi.