Franciyalik La Liganing 35-turida "Barselona"ga qarshi o'yinda (3:4) xet-trik qayd etganidan so'ng "Real" hujumchisining Ispaniya chempionatidagi gollari soni 27 taga etdi. La Ligadagi har bir gol "Oltin butsa" reytingida 2 ochko beradi, shu tariqa Mbappening hozirgi hisobida 54 ball bor.
Sovrin reytingida etakchilikni "Sporting" hujumchisi Viktor Dokeresh qo'lga olgan, u Portugaliya chempionatida 38 gol urib, 57 ochko to'plagan. Ikkinchi o'rinda APLda 28 gol bilan 56 ochko jamg'argan Muhammad Saloh turibdi.
Top 5 ga "Barselona" hujumchisi Robert Levandovski va "Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn ham kirgan, ular o'z chempionatlarida 25 tadan gol urib, 50 ochko to'plashgan.
"Oltin butsa" UEFAga azo mamlakatlar milliy chempionatlarining eng yaxshi to'purariga beriladi. 2023/24 mavsumida bu sovrinni Xarri Keyn qo'lga kiritgan edi.