"Bavariya" 150 mln. evrolik futbolchini sotib olmoqchi

  • Mr.NoBoDy 12.05.2025 22:08
  • 93
  • 30

"Bavariya" Florian Virc transferi ustida ish boshladi.

Jurnalist Florian Plettenberg malumotlariga ko'ra, myunxenliklar 22 yoshli yarim himoyachini sotib olish bo'yicha "Bayer" bilan muzokaralarni boshlagan. "Bavariya" transferni klublar o'rtasidagi jahon chempionati boshlanishidan oldin yakunlash niyatida.  

Takidlanishicha, "Bayer" Vircni kamida keyingi mavsumgacha jamoada saqlab qolishga urinadi va u uchun 150 million evrogacha talab qilishi mumkin.  

Avvalroq "Bavariya" yarim himoyachi uchun 100 million evro taklif qilishni rejalashtirgani xabar qilingan edi. Shu bilan birga, klub allaqachon o'yinchi bilan oldindan kelishuvga erishgan.  

Eslatma: "Bayer"ning yuqori talablari va Vircning shartnomasi 2027 yilgacha amal qilishi transferni murakkablashtirishi mumkin.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar