"O'zSQB ko'plab vaziyatlar yaratdi, bizning yigitlar turib bera olishdi" - Rustam Umarov

  • Mr.NoBoDy 13.05.2025 17:40
  • 141
  • 30

Futzal bo'yicha O'zbekiston Kubogi yarim finalidan o'rin olgan O'zSQB – "Oil Star" (2:3) uchrashuvidan keyin finalga yo'l olgan jamoa vakillari fikrlarini bildirishdi.

"Hamma finalda o'ynashni xohlaydi. O'zSQBga rahmat. Bu yil Oliy ligadagi yangi jamoa, yaxshi futbolchilar yig'ildi. O'zSQB ko'plab vaziyatlar yaratdi, bizning yigitlar turib bera olishdi. Asosiy maqsadimiz g'alaba qozonish edi, bunga erishdik. Jamoadoshlarim, murabbiylar va rahbariyatga minnatdorlik bildiraman.

Ikki o'yinni bir xil tempda o'tkazish qiyin. Shuning uchun kechagidan ko'ra sal bo'shashish kuzatilgandir. Biroq yigitlar o'zlariga kelib olishdi va ijobiy natija qayd etdik", – dedi darvozabon Rustam Umarov.

"Buxoroda bo'lib o'tgan chorak final uchrashuvlaridan keyin qisqa fursatda Toshkentga etib keldik va 2 kun shu erda tayyorlandik. Raqib jamoa kuchli ekanligi va terma azolari harakat qilishini bilardik. Shunga qaramay, yigitlarni astoydil tayyorladik. 

Finalchi ikki o'yin natijasiga ko'ra aniqlangani yaxshi bo'ldi. Asosiy maqsadimiz final edi, endi hal qiluvchi bahs oldidan biroz dam olamiz, keyin tayyorgarlik ko'rishga kirishamiz", – dedi "Oil Star" bosh murabbiyi Fuzuli Xayrullaev.

"Kechagi g'alaba tufayli boshida sal sustkashlikka yo'l qo'ydik. Birinchi taymda o'yinimiz sal o'xshamadi. Tanaffusda yigitlar bilan gaplashib olib, ikkinchi taymda boshqacha ruhda maydonga qaytdik. Biz raqib ko'proq Ravshan Eliboevdan foydalangan holda o'ynashini bilgandik. Shunga qarshi ishlanmalar ishlab chiqishga harakat qildik. O'ylaymanki, bu mevasini berdi. Xudo xohlasa, endi finalga tayyorgarlik ko'ramiz. Tanaffus vaqtida murabbiylar va futzalchilar o'zaro gaplashib, bundan kuchliroq o'ynay olishimiz haqida gaplashdik va ikkinchi taymda yorqin o'yin ko'rsatdik", – dedi "Oil Star" sardori Ilhom Hamroev.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar