– O'yin haqida
– OKMK Superligada ajoyib o'yinlar o'tkazyapti. Biz bu jamoaning eng zo'r formada paytiga to'g'ri kelib qoldik. Men o'ylaymanki, yigitlarimiz uchun bu musobaqa katta motivaciya berdi. Bu guruhga tushganimizni o'zi bayram bo'ldi. O'yinda ko'rdik, raqib bizdan ancha ustun. O'z ustimizda ishlashimiz lozim.
– "Paxtakor"ga o'z uyingizda yirik hisobda mag'lub bo'ldingiz. Uchinchi turda esa Superliga peshqadami uyiga safar qilish kerak edi. Bu holatda jamoa oldiga qanday maqsad qo'ygandi?
– Bugungi topshiriq borimizni berish edi. Ularga o'yindan zavq oling va bor kuchingizni ishga soling dedim. Sizni murabbiylar kuzatadi deb aytdim.
– O'zPFL oldingi kuboklarda bu kabi akademiyalarga imkoniyat bermas edi. Faqat Superliga va boshqa jamoalar qatnashar edi. Hozir esa futbol akademiyalari ham ishtirok etishmoqda. To'g'ri, hisob yirik hisoblar qayd etiladi. Lekin bu qaror to'g'ri deb o'ylaysizmi?
– Juda ham to'g'ri. Bizning shogirdlarga bu katta motivaciya bo'lmoqda. O'z kuchini Superliga jamoalari bilan solishtirishmoqda. Menimcha bu juda yaxshi qaror.
– Uchta o'yindan qaysi jamoa bilan yana o'ynagan bo'lardingiz?
– "Nasaf" bilan. Ular bizni boshida ayashdi menimcha. Shu sababli.