Angliya jamoasi hujumchi uchun "Sporting"ga 70 million evro to'laydi. Hujumchining o'zi esa "to'pchilar" bilan besh yillik shartnoma imzolaydi. U yiliga soliqlarsiz 7 million funt ishlab oladi.
Viktor Gyokeresh bu mavsumda «Sporting» safida barcha turnirlarda 50 o'yinda maydonga tushib, 52 ta gol urdi va 13 assistni qayd etgan.