– Menimcha, bugungi uchrashuv barcha muxlislarga manzur bo'ldi. O'yin yaxshi kechdi. Bellashuvning 1-bo'limida bizda imkoniyatlar yuzaga keldi. Ammo ulardan foydalana olmadik. O'yin chiroyli tarzda kechdi. Bizga biroz omad etishmadi. “Navbahor”ni bugungi g'alaba bilan tabriklayman va jamoaga keyingi bahslarda omad yor bo'lishini tilayman.
- Ikkinchi bo'limda “Navbahor” tarkibida yuz bergan o'zgarishlar “FarDU”ning o'yiniga qanchalik tasir o'tkazdi? Boisi, jamoangiz 1-bo'limda yaxshi o'yin namoyish etdi. Ammo 2-bo'limda tashabbus to'lig'icha mezbonlar tarafiga o'tdi . . .
– Albatta, mezbonlar tarkibida birdaniga 3 nafar asosiy tarkib futbolchilarining zaxiradan maydonga tushishlari ularning o'yinida katta rol o'ynadi.
Ushbu o'zgarishlar maydon egalarining o'yinida burilish yasadi, shuningdek, o'zimizning xatolarimiz evaziga ham darvozamizdan to'plar o'tkazib yubordik. Mahoratli futbolchilar mezbonlar g'alabasiga munosib hissa qo'shishdi.