​Alonso "Real"ga qaysi futbolchilarni olib kelmoqchi?

  • Mr.NoBoDy 15.05.2025 16:32
  • 63
  • 30

"Real"ning bo'lajak bosh murabbiyi Xabi Alonso klub rahbariyatiga o'zining transfer maqsadlarini aytib o'tdi.

Bu haqda "El Nacional" xabar bermoqda.

Mutaxassis 3 nafar yangi himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi. Uning ro'yxatiga Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul"), Din Xyoysen ("Bornmut") va Alvaro Karreras ("Benfika") kiritilgan.

"Qaymoqranglilar" ispaniyalikning himoyani kuchaytirish zarurati borasidagi fikriga qo'shiladi. Biroq transferlar bo'yicha yakuniy qarorni klub rahbariyati qabul qiladi.

Shu bilan birga, "qirollik klubi"da ham "chiqish" transferlari bo'ladi. Ulardan biri Lukas Vaskes bo'lishi malum bo'lgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar