Insayder Fabricio Romanoning yozishicha, klub rahbariyati 37 yoshli mutaxassis "Komo"dagi uzoq muddatli loyiha ustida ishlashda davom etishi haqida allaqachon manfaatdor tomonlarni, jumladan, "Bayer"ni ham xabardor qilgan.
Leypcig" yoki "Roma"ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga qaramay, "Komo" o'z murabbiyiga ishonadi va u bilan birga rivojlanishni rejalashtirmoqda.
Ispaniyalik mutaxassis 2024 yil "Komo"da ish boshlagandi. Uning shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Jamoa A Seriyaning joriy mavsumida 35-turdan so'ng 45 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 10-o'rinni egallab turibdi.