Shu kunga qadar "Andijon" jamoasi murabbiylar shtabida ishlab kelgan Artyom Petrosyan hamda Augustin Chirica bilan tuzilgan mehnat shartnomalari ikki tomonning kelishuviga ko'ra bekor qilindi.
Petrosyan yordamchi murabbiy sifatida 2022 yilning 15 dekabridan buyon jamoada ishlab kelgan bo'lsa, Chirica joriy mavsum avvalida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida ish boshlagandi.