U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichiga qurʼa tashlash sanasi ma’lum

  • Mr.NoBoDy 15.05.2025 18:05
  • 60
  • 30

29-may kuni U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichiga qurʼa tashlanadi

Osiyo futbol konfederatsiyasi 23 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralash bosqichiga qurʼa tashlash sanasi haqida maʼlum qildi. Unga koʻra, marosim 29-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida oʻtkaziladi.

Jamoalar oxirgi 3 ta musobaqadagi koʻrsatkich boʻyicha savatchalarga taqsimlangan. Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi 1-savatchadan oʻrin olgan. Saralash bosqichiga Kambodja, Xitoy, Indoneziya, Iordaniya, Qirgʻiz Respublikasi, Myanma, Qatar, Tojikiston, Tailand, BAA va Vyetnam mezbonlik qiladi.

Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadigan musobaqaning saralash oʻyinlari 1-9-sentyabr kunlari oʻtkaziladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar