"Rostini aytsam, men "Oltin to'p"ni maqsad qilganim yo'q. Albatta, bir kun kelib qo'lga kiritsam, bu klub va terma jamoaga bo'lgan fidoyiligimning samarasi bo'ladi. Lekin mening asl maqsadim – jamoa bilan g'alabalarga erishish. Shaxsiy mukofotlar keyinroq kelishi mumkin, agar ular bo'lmasa ham, o'zimni baxtli deb bilaman. Bazan menga "Oltin to'p" bilan bog'liq hazillar va memlar yuborishadi, ammo bu mening asosiy motivaciyam emas. Men turnirlarda g'alaba qozonish va jamoaga foyda keltirishni xohlayman", – dedi Rafinya.
Futbolchi "Barselona"ga 2022 yilda kelib qo'shilgan. U 2024/25 yilgi mavsum 54 o'yinda qatnashib, 34 ta gol urdi va 25 ta golga assistentlik qildi.
Avvalroq "Goal" "Oltin to'p"ga davogarlar ro'yxatini malum qilgan edi.