Manba malumotlariga ko'ra, parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike 28 yoshli forvardni jamoaga jalb qilishdan shaxsan manfaatdor.
Biroq bu o'tish jarayoni bir qator qiyinchiliklarga olib keladi: futbolchining shartnomasi bo'yicha 70 mln evroga sotib olish bandi faqat "Real," "Barselona," "Manchester Yunayted," "Manchester Siti," "Liverpul", "Chelsi" va "Arsenal" kabi malum klublar uchungina amal qiladi. PSJ bu ro'yxatga kirmaydi.
Girassining o'zi ham "Borussiya"da qolish ehtimolini istisno qilmayapti. U joriy mavsum 44 o'yinda ishtirok etib, 33 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U nemis klubiga o'tgan yozda qo'shilgan edi.