Jurnalist Ben Jeykobsning malumotiga ko'ra, Mersisayd klubi futbolchi uchun 35 million evro to'lashga tayyor. Bu summani klubdagilar qoniqarli summa deb hisoblashmoqda.
Frimpong qanot himoyasida o'ynay oladi. Biroq uning asosiy funkciyasi faqatgina bu emas - u hujumkor himoyachi sifatida ham o'zini ko'rsatgan.
Futbolchi va klub o'rtasida shaxsiy kelishuv bor, tomonlar bunda muammo ko'rmagan. Frimpongning o'zi ham "Liverpul"ga o'tishga tayyor turibdi.
Frimpong ushbu mavsumda Bundesliganing 33 o'yinida 5tadan gol va assist qayd etdi.