Oston O'runov: "O'tgan mavsumdan so'ng etarlicha dam olmaganim va tig'iz taqvim tufayli mukammal jismoniy holatga kira olmadim"

  • Mr.NoBoDy 20.05.2025 15:56
  • 60
  • 30

O'zbekiston terma jamoasi va "Persepolis" klubi futbolchisi Oston O'runov jarohati qaytalanishiga nima sabab bo'lgani, "Beshiktosh" tomonidan qiziqish va Eron Pro ligasi joriy mavsumi yakunlari xususida fikrlarini bildirdi.

"Tiklanishim unchalik yaxshi kechmadi. O'tgan mavsumdan so'ng etarlicha dam olmaganim va tig'iz taqvim tufayli mukammal jismoniy holatga kira olmadim. Jamoa bilan ikki kun mashg'ulot qildim, ammo uchinchi kuni o'yinda jarohatlandim. Jismoniy tayyorgarligim yaxshi bo'lmagani o'tgan mavsumda asosiy muammomga aylandi. Takror-takror jarohatlanishimning sababi ham shu edi, mavsum boshlanishidan oldin to'liq jismoniy shaklga kira olmadim.

"Persepolis"ning muxlisiman va bu jamoada qolish imkoniyati meni juda xursand qildi. Umid qilamanki, kelgusi mavsumda bu yilgidan ko'ra yaxshiroq natija ko'rsataman. Jamoamiz ham yaxshiroq o'ynab, muxlislarimizni xursand qiladi deb umid qilaman.

Jurnalistlardan "Beshiktosh" menga qiziqayotgani haqida eshitdim. "Persepolis"dan ketishim va Turkiya Superligasida, ayniqsa, "Beshiktosh" kabi jamoada bo'lishim haqidagi gaplarni jiddiy qabul qilmayman. Butun etiborim "Persepolis" bilan erishiladigan yutuqlarga qaratilgan va hozirgi paytda boshqa biror jamoa haqida o'ylashni umuman istamayman. Maqsadim – "Persepolis" bilan 2 yillik shartnomam mobaynida muvaffaqiyatga erishish va muxlislarni xursand qilish.

Biz, shubhasiz, o'z zaif tomonlarimizni chuqur tahlil qildik va yangi mavsumgacha ularni bartaraf etib, yana g'alabalarga erishamiz hamda chempionlikni qo'lga kiritamiz. Ko'pchilik muvaffaqiyatsizlikka uchrashimizda jamoa bosh direktorini aybladi, ammo ishonchim komilki, u (Rizo Darvish – tahr.) men hamkorlik qilgan eng yaxshi bosh direktorlardan biridir. U ham boshqalar singari jamoamizning hozirgi ahvolidan tashvishda va uni tanqid qilish mutlaqo befoyda, aksincha, bu jamoaga zarar keltirishi aniq", – dedi O'runov.

24 yoshli vinger yakunlangan masum "Persepolis" libosida 25 o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi hamda 1 ta golga assistentlik qildi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar