Oldinroq tarqalgan malumotlarda futbolchi o'z kelajagini "Real"da ko'rmayotgani aytilgandi.
"As" malumotiga ko'ra, braziliyalik futbolchining Madrid klubidan ketish fikri o'zgargan. U Xabi Alonso boshqaruvidagi jamoaning voqealari rivojini kutishni va yangi bosh murabbiyning o'zidan fikrlarini bilishni va yangi loyihada qanchalik o'rni borligini tushunib olishni istamoqda.
Agarda Xabi jamoasida o'z joyini yo'qotadigan bo'lsa, futbolchi Angliyadan bo'layotgan takliflarni ko'rib chiqadi. Unga hozirda "Manchester Yunayted" va "Arsenal" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.