Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" rahbariyati jamoa Evropa Ligasi finalida "Tottenxem"ga qarshi o'yinda mag'lubiyatga uchraganiga qaramay, portugaliyalik mutaxassisni qo'llab-quvvatlamoqda. "Manchester Yunayted" futbol departamenti Amorimdan mavsumoldi tayyorgarlikni to'liq o'tkazishni va tarkibni kuchaytirishni so'ramoqda.
Avvalroq agar jamoa Evropa Ligasi finalida g'alaba qozonib, Chempionlar Ligasiga chiqsa, transferlar uchun 200 mln funt ajratilishi xabar qilingandi.