Saudiya Arabistoni klubi Osimxen bilan muzokaralar olib bormoqda

  • Mr.NoBoDy 23.05.2025 14:00
  • 90
  • 30

"Galatasaroy" va Nigeriya milliy terma jamoasi hujumchisi Viktor Osimxen "Napoli"ga qaytishi ehtimoldan yiroq.

Hozirgi vaqtda futbolchi faoliyatini davom ettirish uchun yangi jamoa izlamoqda. Xabar qilinishicha, "Al Hilol" Osimxenni safiga qo'shib olishga juda qiziqmoqda. Ar-Riyod klubi allaqachon nigeriyalik futbolchi bilan muzokaralar boshlagan. Vaziyat rivojini "Manchester Yunayted" ham diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Malumot uchun, Osimxenning "Napoli" bilan shartnomasi 2026 yil iyun oyigacha amal qiladi. "Galatasaroy" tarkibida ijara asosida o'ynayotgan 26 yoshli hujumchi ushbu mavsum barcha musobaqalarda jami 40 o'yinda maydonga tushib, 36 ta gol urdi va 8 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt portali nigeriyalik futbolchining narxini 70 mln evro deb baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar