"Luka Modrich doimo "Real" qadriyatlarini aks ettirgan betakror va ibratli futbolchi sifatida klub muxlislarining qalbida mangu saqlanib qoladi.
Uning o'yini "Real" ishqibozlari va butun dunyo muxlislarini o'ziga maftun etdi. Uning merosi abadiy yashaydi", – dedi Peres.
Avvalroq 22 may kuni Madridning "Real" klubi yarim himoyachining 2024/25 yilgi mavsum yakunida ketishini elon qilgandi. U 15 iyundan 13 iyulga qadar AQSHda bo'lib o'tadigan Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidan so'ng "qaymoqranglilar"ni tark etadi.