Liga 1'ning ushbu mavsumidagi eng yaxshi assistenti rozi bo'lib turgani sababli "Manchester Siti"ning o'zi ham klub bilan muzokaralarni boshlashga tayyor turibdi. "Foot Mercato" yozishicha, Sherki Pep Gvardiola qo'l ostida o'ynash taklifiga birdaniga ijobiy javob bergan.
"Manchester Siti"ga futbolchi uchun so'ralayotgan mablag' ham maqul kelgan - 40 mln evro. Unga ayni damda "Liverpul", "Borussiya" D va "Bayer" kabi klublar ham qiziqish bildirayotgandi.
Sherki yakunlangan mavsumda Franciya chempionatining 30 o'yinida 8 gol va 11 assist qayd etdi.