“Al Nassr“ MYU yulduzini sotib olish uchun o'z yulduzidan voz kechishga tayyor

  • Mr.NoBoDy 09.06.2025 09:08
  • 102
  • 30

“Al Nassr“ o'z yulduzi Sadio Manega yozda klubni tark etishi mumkinligini malum qildi.

“Al Nassr“ “Manchester Yunayted“ va Argentina terma jamoasi vingeri Alexandro Garnachoni o'z safiga qo'shib olmoqchi, Biroq ayni vaqtda Saudiya Arabistoni jamoasida legionerlar limiti to'lgan. Shu boisdan jamoa senegallik vingerni sotishni reja qilgan.

33 yoshli Mane 2023 yilning avgustidan buyon “Al Nassr” safida to'p suradi. O'tgan mavsumda senegallik futbolchi klub safida 47 ta o'yin o'tkazib, barcha musobaqalarda 18 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar