Madridning "Real" va "Al-Hilol" klublari klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi 1-turida g‘olibni aniqlay olmadi.
34-daqiqada Gonsalo Garsiya "qaymoqranglilar"ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 41-daqiqada saudiyaliklar Ruben Neveshning penaltidan urgan goli bilan javob qaytardi.
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi unvoniga madridliklarning gol muallifi bo‘lgan 21 yoshli Garsiya sazovor bo‘ldi. Yosh ispaniyalik darvozaga eng ko‘p zarba berdi (olti marta, to‘rtta aniq zarba), ammo boshqa gol ura olmadi. Hujumchi uchun bu "Real"ning asosiy tarkibidagi ilk o‘yin bo‘ldi.
Ikkinchi turda Xabi Alonso jamoasiga "Pachuka" raqiblik qiladi. "Al-Hilol"ni "Red Bull Zalsburg" kutib turibdi.