"Oklend Siti" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi 2-turi doirasida "Benfika"ga yirik hisobda yutqazdi - 0:6.
Qizig‘i, yangi zelandiyaliklar birinchi golni faqat birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 8-daqiqada o‘tkazib yuborishdi.
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi ilk o‘yinida "Oklend Siti" "Bavariya"ga 0:10 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Ikki o‘yinda jamoa darvozasiga jami 63 ta zarba berildi. Ulardan jami 33 tasi aniq borgan bo‘lsa, 16 tasi gol bilan yakunlandi.