KJCH. "Inter" va "Urava Red Daymonds" o'rtasidagi o'yin taqdirini 90+2 daqiqada urilgan gol hal qildi

  • Mr.NoBoDy 22.06.2025 02:08
  • 39
  • 30

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati "E" guruhi 2-turidan o'rin olgan Italiyaning "Inter" hamda Yaponiyaning "Urava Red Daymonds" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

Unda "neradzurrilar" 2:1 hisobida g'alaba qozondi. O'yin AQSHning Sietl shahridagi "Lyumen Fild" stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuvni Daxane Beyda (Mavritaniya) boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Rema Vatanabi "Urava Red Daymonds"ni hisobda oldinga olib chiqdi. 78-daqiqada Lautaro Martines muvozanatni tikladi. Uchrashuvning 90+2-daqiqasida Valentin Karboni g'alaba to'pini kiritdi.

Ushbu o'yindan so'ng "Inter" turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda (4 ochko), "Urava Red Daymonds" esa so'nggi o'rinda bormoqda (0 ochko).

"Inter" birinchi turda Meksikaning "Monterrey" klubi bilan durang o'ynagan bo'lsa (1:1), "Urava Red Daymonds" Argentinaning "River Pleyt" klubiga mag'lub bo'lgandi (1:3).

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati 2025 yilning 15 iyunidan 13 iyuliga qadar AQSHda bo'lib o'tadi. Turnirda 32 ta klub ishtirok etmoqda, ular to'rtta jamoadan iborat sakkizta guruhga bo'lingan. Har bir kvartetning eng kuchli ikki jamoasi pley-off bosqichida ishtirokini davom ettiradi.


Match-senterda ochish


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar