"Qiyin o'yin bo'ldi. Bugungi mag'lubiyatga kubok doirasida "Bunyodkor"ga qarshi 120 daqiqalik bellashuv ham sabab bo'ldi. Oradan ko'p vaqt o'tmadi.
Endi navbatdagi o'yinga hozirlik ko'ramiz. Nasib etsa, o'z maydonimizda "Dinamo" ilk mag'lubiyatini qabul qilib oladi", dedi 29 yoshli futbolchi.