- Bugungi golingizni Marko Asensio uslubida nishonladingiz. Ispaniyalik futbolchining o'yin uslubi sizga yoqadimi?
- Yo'q, urgan golimni nishonlash jarayonining Marko Asensioga aloqasi yo'q. Jarohat olgan paytim ko'pchilik meni yoddan chiqargandi, goldan keyingi ushbu harakat orqali o'zimni eslatib qo'ydim.
- Boshqa jamoalardan takliflar bormi?
- Ha, nasib etsa, Evropaga yo'l olaman. Qaysi jamoa ekanligi hozircha sir bo'laqolsin.
- TOP-10 chempionat ichidami?
- TOP-5 chempionatdagi jamoa bo'lishi mumkin.