Kenan Yildiz "Yuventus" safida ketma-ket ikkinchi o‘yinida gol urdi.
Turkiya terma jamoasining 20 yoshli hujumkor yarim himoyachisi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichining 2-turida Marokashning "Vidad" klubi darvozasini ikki marta ishg‘ol qildi (4:1).
Kenan Turin jamoasining birinchi golida ham ishtirok etdi, ammo keyinchalik u turkiyalik futbolchining zarbasidan so‘ng to‘pni o‘z darvozasiga kiritgan Abdelmunaim Butuyning avtogoli sifatida qayd etildi.
1-turda Yildiz BAAning "Al-Ayn" klubi darvozasini ishg‘ol qildi (5:0). Hozirda u turnirdagi ikkita o‘yinda 3 ta gol urdi - Maykl Olise, Jamal Musiala (ikkalasi ham "Bavariya") va Anxel Di Mariyaga yetib oldi ("Benfika").
Yildiz 2024/25 yilgi mavsumda jami 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.