Bu haqda "The Sun" xabar tarqatdi.
Uilyams Angliya chempionatining ikkinchi kuchli divizionida qatnashayotgan jamoa to'qqizta o'yindan ettitasida mag'lub bo'lganidan so'ng, fevral oyida "Suonsi"ni tark etgandi. U 2024 yilning yanvaridan buyon jamoani boshqarib kelayotgandi.
Gazeta 44 yoshli Uilyamsning Bristol aeroporti xodimi kiyimidagi suratlarini chop etdi. Qayd etilishicha, uning vazifalariga nogironligi bo'lgan shaxslar va harakatlanish imkoniyati cheklangan yo'lovchilarga yordam berish kiradi.
Uilyams futbolchi sifatida "Norvich" va "Bristol" jamoalarida harakat qilgan. 19 yoshida tizzasidan olgan jarohati tufayli futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U "Suonsi"dan oldin "Suindon Taun" va "Nots Kaunti"da murabbiylik qilgan.