"Dinamo" va "Bunyodkor" — o'ziga hos ananalariga ega, ikki maqsad, ikki turli ruhiyatdagilar to'qnashuvidir. Bu uchrashuvda nafaqat uch ochko, balki ustunlik ananalari, turnir kurashidagi poziciya va muxlislar ishonchi uchun ham kurash bo'ladi. Samarqandda "qaldirg'ochlar" hech qachon engilmagan, ammo bu gal ularga mag'lubiyat bilmas "Dinamo" va tajribali Vadim Abramov to'siq bo'lib turibdi.
Bu to'qnashuvda "Dinamo" chempionlik uchun yanada jiddiy davogarga aylanishi, "Bunyodkor" esa qulayotgan kayfiyatni to'xtatib, qayta ko'tarilishga intilishi mumkin. Quyida ushbu bahs oldidan jamoalar holati, tarixiy raqamlar va turnir jadvali intrigasi haqida batafsil.
"Bunyodkor" jamoasi uchun Samarqand – omadli shahar. Klub o'z tarixida "Dinamo" mehmoni bo'lgan 13 ta uchrashuvning birortasida mag'lub bo'lmagan. Ushbu bellashuvlarning 11 tasida "qaldirg'ochlar" g'alabaga erishgan, 2 o'yin esa durang bilan yakunlangan. Bu o'ziga xos anana, bugungi uchrashuv oldidan "Bunyodkor" uchun katta psixologik afzallik hisoblanadi.
Samarqandning "Dinamo" klubi joriy mavsumda Superligada mag'lubiyatga uchramayotgan ikki jamoadan biri. "Nasaf"dan keyingi mag'lubiyatsiz jamoa aynan Vadim Abramov shogirdlari bo'lib turibdi. "Dinamo" oxirgi marta 2023 yilning noyabrida, 25-turda “Andijon”ga yutqazgandi. Shu paytdan buyon jamoa barqaror o'yin namoyon etmoqda.
Ilgari bildirilganidek, "Bunyodkor"ning safardagi o'yinlari tahsinga sazovor. Biroq, jamoa joriy mavsumda mehmon sifatida atigi 3 ta haqiqiy safar o'yini o'tkazgan. Qolgan 2 uchrashuv “Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tgan va jamoa nominal mehmon sifatida ishtirok etgan.
Aniq mehmondagi natijalar quyidagicha:
"Sho'rtan" – "Bunyodkor" 0:2
"Nasaf" – "Bunyodkor" 2:2
"Mashal" – "Bunyodkor" 1:1
Bu o'yinlarda 2 durang va 1 g'alaba qayd etildi. Jamoa safarda ham hali mag'lubiyatning tamini tatayotgani yo'q, bu esa ularning barqarorligini ko'rsatadi.
Shu bilan birga, "Bunyodkor" umumiy hisobda Superligada ketma-ket 5 ta uchrashuvda g'alaba qozona olmayapti. Ilyos Zeytullaev shogirdlari oxirgi marta 7-turda OKMKni mag'lub etgan edi. Keyingi bahslarda esa quyidagi natijalar qayd etilgan:
"Bunyodkor" – "Qo'qon-1912" 1:2
"Nasaf" – "Bunyodkor" 2:2
"Bunyodkor" – "Navbahor" 2:3
"Mashal" – "Bunyodkor" 1:1
"Bunyodkor" – "Paxtakor" 1:1
Yuqoridagi o'yinlarda “Bunyodkor” hujumda faol harakat qilgan bo'lsa-da, himoyada barqarorlikni yo'qotgani ko'zga tashlanadi.
Ilyos Zeytullaev murabbiy sifatida Vadim Abramovga qarshi bir marta maydonda raqobatlashgan va o'sha bahsda g'alaba qozongan. “Bunyodkor” o'sha o'yinda raqibni 2:3 hisobida enggandi. Bu muvaffaqiyat Zeytullaevga bugungi uchrashuvda ham ishonch bag'ishlashi mumkin.
"Dinamo" o'z maydonida "Bunyodkor"ga qarshi oxirgi marta 2015 yilda ochko olgan — o'shanda 25-turdagi o'yin 1:1 hisobida yakunlangan. Shundan so'ng bo'lgan barcha to'qnashuvlarda “Bunyodkor” Samarqanddan g'alaba bilan qaytgan.
Superliga-2015. 25-tur.
12.10.2015. "Dinamo" – "Bunyodkor" 1:1
Gollar: Kamoliddin Murzoev (13), Dilshod Jo'raev (71)
Turnir jadvali: "Dinamo" peshqadamlik uchun kurashda, "Bunyodkor"ga g'alaba kerak
"Dinamo" uchun bugungi bahs nafaqat tarixiy ananani buzish, balki chempionlik kurashida muhim pog'onaga aylanishi mumkin. G'alaba orqali Vadim Abramov jamoasi "Nasaf" bilan farqni atigi 3 ochkoga qisqartirib oladi. Shu bilan birga, "Dinamo"ning zaxirada yana bir uchrashuvi — "Neftchi"ga qarshi qolgan. Agar o'sha uchrashuvda ham samarqandliklar g'alaba qozonishsa, ochkolar bo'yicha "Nasaf" bilan tenglashishadi.
Bu esa 15-turga qadar intrigani saqlab qoladi. Chunki 6 iyul kuni Samarqandda "Dinamo" — "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda birinchi davraning norasmiy finali bo'lishi va qaysi jamoa tanaffusga peshqadam sifatida chiqishini hal qilishi mumkin. Vadim Abramovni jiddiy sinovlar kutmoqda:
14-tur (27.06.2025): "Qo'qon-1912" – "Dinamo"
Qoldirilgan 7-tur: "Dinamo" – "Neftchi"
15-tur (06.07.2025): "Dinamo" – "Nasaf"
Bu o'yinlar "Dinamo"ning chempionlik ambiciyalarini belgilab beradi. Agar jamoa ushbu uchrashuvlarni muvaffaqiyatli o'tkazsa, tanaffusga etakchi sifatida kirib borish imkoniyati yuqori.
"Bunyodkor" uchun bugungi o'yin jadval nuqtai nazaridan katta o'zgarishlarni keltirib chiqarmaydi. Jamoa g'alaba qozonsa ham, yutqazsa ham mavqeini saqlab qoladi. Biroq bu jamoaga bosim yo'q, degani emas. Ilyos Zeytullaev shogirdlari ketma-ket g'alabasiz seriyaga barham berish va muxlislarga umid bag'ishlash uchun harakat qilishadi.
Qolgan ikki turda "Bunyodkor" quyidagi jamoalarga qarshi bahs olib boradi:
14-tur (29.06.2025): "Bunyodkor" – "So'g'diyona"
15-tur (05.07.2025): "Andijon" – "Bunyodkor"
"Dinamo" g'alaba orqali chempionlik intrigasini to'liq jonlantirishni istaydi. "Bunyodkor" esa so'nggi o'yinlarda yo'qotilgan ishonchni tiklash va navbatdagi bosqichga umid bilan qarashni xohlaydi. Maqsad turlicha — ammo motivaciya yuqori. Shu sababli, bu kechada nafaqat tarix, balki kelajak uchun kurash kechadi.