Manbaga ko'ra, klubga egalik qiluvchi Lensdaunlar oilasi klubni sotishni rejalashtirmagan, ammo Al ash-Shayx ular uchun juda qulay taklif bilan chiqishi mumkin. Avvalroq saudiya arabistonilik promouter va biznesmenning qiziqishi "Milluoll" va "Sautgempton" bilan bog'liq edi.
"Bristol Siti" 2024/25 yilgi mavsum Chempionship jadvalida 6-o'rinni egalladi. APL o'ynash huquqi uchun o'tkazilgan musobaqa yarim finalida "Sheffild Yunayted”ga ikki uchrashuvda umumiy 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.