Manba bergan xabarga ko'ra, 24 yoshli braziliyalik Florian Vircga imkoniyatni boy bergan "Bavariya" uchun variantlardan biri. Shu bilan birga, "Arsenal" Martinellining maoshini kamaytirmoqchi. "The Athletic" xabariga ko'ra, londonliklar 58 mln evrodan ortiq mablag' evaziga futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.
Martinelli 2024/25 yilgi mavsum "Arsenal" tarkibida 51 o'yinda 10 ta gol urgan va 6 ta golga pas uzatgan edi. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 55 mln evroga baholamoqda.