Superliga. "Dinamo" - "Bunyodkor" 0:3 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 23.06.2025 21:16
  • 48
  • 30

Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Bunyodkor" uchrashuvi boshlanmoqda.

"Dinamo" – "Bunyodkor" 0:3 LIVE

23.06.2025. Samarqand. "Dinamo" stadioni

Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev

Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov

Zaxira hakami: Rinat Serazitdinov

Nazoratchi: Aleksandr Popov

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Amal Sultonov

Komissar: Feruz G'aniev

Gol: Temurxo'ja Abduxoliqov (Muzaffar Olimjonov) 10, 0:1, Temurxo'ja Abduxoliqov (Nosirjon Abdusalomov) 45, 0:2, Nosirjon Abdusalomov (Temurxo'ja Abduxoliqov) 46, 0:3

"Dinamo": 13. Ravshan Yagudin, 18. Oleksandr Kucherenko, 22. Ulug'bek Abdullaev, 17. Salim Mustafaev, 6. Jahongir O'rozov, 25. Oybek O'rmonjonov, 7. Fransisko Jurani, 10. Anvar Hojimirzaev, 9. Mirjahon Mirahmadov, 16. Richard Fraydey, 37. Firdavs Abdurahmonov

Zaxira: 27. Edem Nemanov, 88. Marko Stanoevich, 2. Sanjar Qodirqulov, 23. Behruz Oblaqulov, 15. Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 20. Jaloliddin Jumaboev, 11. Xislat Halilov, 14. Bahodir Nasimov, 5. Duglas Maykon

"Bunyodkor": 1. Abdumavlon Abdujalilov, 15. Marko Bugarin, 2. Nikoloz Mali, 4. Najmiddin Normurodov, 77. Muzaffar Olimjonov, 6. Boburbek Yo'ldoshev, 7. Odiljon Hamrobekov, 21. Nosirjon Abdusalomov, 9. Imeda Ashortia, 11. Temurxo'ja Abduxoliqov, 57. Amir To'raqulov

Zaxira: 13. Hamidullo Abdunabiev, 19. Farruhjon Qodirov, 74. Luis Kachorri, 66. Azizbek To'lqinbekov, 10. Rasul Yo'ldoshev, 18. Narimonjon Ahmadjonov, 8. Martin Shroler, 22. Azizbek Amonov, 30. Sardor Abdunabiev

Ogohlantirish: Oybek O'rmonjonov ("Bunyodkor") 45+3

MATNLI TRANSLYACIYA


46. GOL. "Bunyodkor" ikkinchi bo'limni tezkor gol bilan boshladi. Nosirjon Abdusalomov hisobni 0:3 ko'rinishiga keltirdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+4. Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus

45+3. OGOHLANTIRISH. "Dinamo", Oybek O'rmonjonov

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

45. GOL. "Bunyodkor" birinchi bo'limning so'nggida tablodagi hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirdi. Nosirjon Abdusalomov Temurxo'ja Abduxoliqovni qulay vaziyatga chiqardi, tajribali hujumchi esa himoyachi taqibidan qochib darvozani bu safar ishg'ol qildi.

42. XAVFLI. "Dinamo"dan navbatdagi keskin vaziyat. Oybek O'rmonjonov bu vaziyatda faol harakat qildi.

39. Mezbonlardan yana bir hujum. Yakun samarasiz.

37. Penalti yo'q. Hakam o'yinni davom ettirishni buyurdi.

35. Fraydey yana jarima maydonchasi ichida yiqitildi. VAR vaziyatni ko'rib chiqmoqda. Ehtimoliy penalti!

33. ZARBA. "Bunyodkor"dan yana bir xavfli vaziyat. Temurxo'ja Abduxoliqovning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

30. O'yin nazorati Abramov shogirdlari tomonida, lekin xavfli vaziyatlar sodir etish borasida Zeytullaev jamoasi ustunroq.

27. ZARBA. "Bunyodkor" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov birga bir vaziyatda darvozani ishg'ol qila olmadi. Yagudin bu vaziyatda jamoasining joniga oro kirdi.

26. ZARBA. Ferreyraning zarbasi juda noaniq ko'rinish oldi.

21. Burchakdan uzatib berilgan to'pdan so'ng vaziyat samarasiz yakunlandi.

19. "Dinamo" futbolchisi Fraydey jarima maydonchasi ichida yiqildi. Penalti yo'q, o'yin davom etadi. Burchak zarbasi tepiladi.

15. Samarqandda ochiq va chiroyli futbol ko'rmoqdamiz.

14. ZARBA. "Bunyodkor"dan navbatdagi keskin yurish. Nosirjon Abdusalomovning zarbasini Yagudin qaytardi. 

10. GOL. "Dinamo" hujum qildi, lekin "Bunyodkor" o'zining ilk xavfli vaziyatini gol bilan yakunladi. To'raqulov boshlab bergan hujumni Muzaffar Olimjonov davom ettirdi va to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi. U erda Temurxo'ja Abduxoliqov vaziyatdan foydalandi.

5. Mezbonlardan xavfli hujum. Hojimirzaevning chap qanotdan uzatib bergan to'piga zarba beradigan futbolchi topilmadi. "Bunyodkor" himoyachilari ham raqibiga to'sqinlik qila oldi.

4. Samarqandlik muxlislar stadionda ajoyib muhit yaratishgan. 

1.  "Dinamo" ilk daqiqalardan hujumkor futbolini raqibiga o'tkazmoqda. 

- O'yin boshlandi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

- O'yin 20:00da start oladi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar