"Dinamo" – "Bunyodkor" 0:2 LIVE
23.06.2025. Samarqand. "Dinamo" stadioni
Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev
Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov
Zaxira hakami: Rinat Serazitdinov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Amal Sultonov
Komissar: Feruz G'aniev
Gol: Temurxo'ja Abduxoliqov (Muzaffar Olimjonov) 10, 0:1, Temurxo'ja Abduxoliqov (Nosirjon Abdusalomov) 45, 0:2
"Dinamo": 13. Ravshan Yagudin, 18. Oleksandr Kucherenko, 22. Ulug'bek Abdullaev, 17. Salim Mustafaev, 6. Jahongir O'rozov, 25. Oybek O'rmonjonov, 7. Fransisko Jurani, 10. Anvar Hojimirzaev, 9. Mirjahon Mirahmadov, 16. Richard Fraydey, 37. Firdavs Abdurahmonov
Zaxira: 27. Edem Nemanov, 88. Marko Stanoevich, 2. Sanjar Qodirqulov, 23. Behruz Oblaqulov, 15. Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 20. Jaloliddin Jumaboev, 11. Xislat Halilov, 14. Bahodir Nasimov, 5. Duglas Maykon
"Bunyodkor": 1. Abdumavlon Abdujalilov, 15. Marko Bugarin, 2. Nikoloz Mali, 4. Najmiddin Normurodov, 77. Muzaffar Olimjonov, 6. Boburbek Yo'ldoshev, 7. Odiljon Hamrobekov, 21. Nosirjon Abdusalomov, 9. Imeda Ashortia, 11. Temurxo'ja Abduxoliqov, 57. Amir To'raqulov
Zaxira: 13. Hamidullo Abdunabiev, 19. Farruhjon Qodirov, 74. Luis Kachorri, 66. Azizbek To'lqinbekov, 10. Rasul Yo'ldoshev, 18. Narimonjon Ahmadjonov, 8. Martin Shroler, 22. Azizbek Amonov, 30. Sardor Abdunabiev
Ogohlantirish: Oybek O'rmonjonov ("Bunyodkor") 45+3
MATNLI TRANSLYACIYA
45+4. Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus
45+3. OGOHLANTIRISH. "Dinamo", Oybek O'rmonjonov
45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
45. GOL. "Bunyodkor" birinchi bo'limning so'nggida tablodagi hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirdi. Nosirjon Abdusalomov Temurxo'ja Abduxoliqovni qulay vaziyatga chiqardi, tajribali hujumchi esa himoyachi taqibidan qochib darvozani bu safar ishg'ol qildi.
42. XAVFLI. "Dinamo"dan navbatdagi keskin vaziyat. Oybek O'rmonjonov bu vaziyatda faol harakat qildi.
39. Mezbonlardan yana bir hujum. Yakun samarasiz.
37. Penalti yo'q. Hakam o'yinni davom ettirishni buyurdi.
35. Fraydey yana jarima maydonchasi ichida yiqitildi. VAR vaziyatni ko'rib chiqmoqda. Ehtimoliy penalti!
33. ZARBA. "Bunyodkor"dan yana bir xavfli vaziyat. Temurxo'ja Abduxoliqovning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.
30. O'yin nazorati Abramov shogirdlari tomonida, lekin xavfli vaziyatlar sodir etish borasida Zeytullaev jamoasi ustunroq.
27. ZARBA. "Bunyodkor" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov birga bir vaziyatda darvozani ishg'ol qila olmadi. Yagudin bu vaziyatda jamoasining joniga oro kirdi.
26. ZARBA. Ferreyraning zarbasi juda noaniq ko'rinish oldi.
21. Burchakdan uzatib berilgan to'pdan so'ng vaziyat samarasiz yakunlandi.
19. "Dinamo" futbolchisi Fraydey jarima maydonchasi ichida yiqildi. Penalti yo'q, o'yin davom etadi. Burchak zarbasi tepiladi.
15. Samarqandda ochiq va chiroyli futbol ko'rmoqdamiz.
14. ZARBA. "Bunyodkor"dan navbatdagi keskin yurish. Nosirjon Abdusalomovning zarbasini Yagudin qaytardi.
10. GOL. "Dinamo" hujum qildi, lekin "Bunyodkor" o'zining ilk xavfli vaziyatini gol bilan yakunladi. To'raqulov boshlab bergan hujumni Muzaffar Olimjonov davom ettirdi va to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi. U erda Temurxo'ja Abduxoliqov vaziyatdan foydalandi.
5. Mezbonlardan xavfli hujum. Hojimirzaevning chap qanotdan uzatib bergan to'piga zarba beradigan futbolchi topilmadi. "Bunyodkor" himoyachilari ham raqibiga to'sqinlik qila oldi.
4. Samarqandlik muxlislar stadionda ajoyib muhit yaratishgan.
1. "Dinamo" ilk daqiqalardan hujumkor futbolini raqibiga o'tkazmoqda.
- O'yin boshlandi.
- Jamoalar maydonga chiqib keldi.
- O'yin 20:00da start oladi.