Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 25 yoshli italiyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Futbolchining shartnomasida 52 mln evro miqdorida sotib olish bandi mavjud bo'lib, u 1 iyuldan 15 iyulgacha amal qiladi.
Kin o'tgan mavsum 44 o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 50 mln evroga baholamoqda.