Superliga. Abduxoliqovga atalgan oqshomda "Dinamo" joriy mavsumdagi ilk mag'lubiyatini "Bunyodkor"dan qabul qilib oldi

  • Mr.NoBoDy 23.06.2025 22:00
  • 66
  • 30

Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Dinamo" – "Bunyodkor" 0:3 (TUGADI)

23.06.2025. Samarqand. "Dinamo" stadioni

Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev

Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov

Zaxira hakami: Rinat Serazitdinov

Nazoratchi: Aleksandr Popov

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Amal Sultonov

Komissar: Feruz G'aniev

Gol: Temurxo'ja Abduxoliqov (Muzaffar Olimjonov) 10, 0:1, Temurxo'ja Abduxoliqov (Nosirjon Abdusalomov) 45, 0:2, Nosirjon Abdusalomov (Temurxo'ja Abduxoliqov) 46, 0:3

"Dinamo": 13. Ravshan Yagudin, 18. Oleksandr Kucherenko (88. Marko Stanoevich, 46), 22. Ulug'bek Abdullaev (15. Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 46), 17. Salim Mustafaev (2. Sanjar Qodirqulov,67), 6. Jahongir O'rozov, 25. Oybek O'rmonjonov, 7. Fransisko Jurani, 10. Anvar Hojimirzaev, 9. Mirjahon Mirahmadov (23. Behruz Oblaqulov,46), 16. Richard Fraydey (11. Xislat Halilov,60), 37. Firdavs Abdurahmonov

Zaxira: 27. Edem Nemanov,   20. Jaloliddin Jumaboev,  14. Bahodir Nasimov, 5. Duglas Maykon

"Bunyodkor": 1. Abdumavlon Abdujalilov, 15. Marko Bugarin, 2. Nikoloz Mali, 4. Najmiddin Normurodov ( 18. Narimonjon Ahmadjonov, 77), 77. Muzaffar Olimjonov (8. Martin Shroler,67), 6. Boburbek Yo'ldoshev, 7. Odiljon Hamrobekov, 21. Nosirjon Abdusalomov, 9. Imeda Ashortia (30. Sardor Abdunabiev, 67) 11. Temurxo'ja Abduxoliqov (19. Farruhjon Qodirov,78), 57. Amir To'raqulov (66. Azizbek To'lqinbekov, 60)

Zaxira: 13. Hamidullo Abdunabiev,  74. Luis Kachorri, 10. Rasul Yo'ldoshev, 22. Azizbek Amonov, 

Ogohlantirish: Oybek O'rmonjonov ("Dinamo") 45+3, Behruzbek Oblaqulov ("Dinamo") 71

MATNLI TRANSLYACIYA

90+4. Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. ZARBA. Oybek O'rmonjonov darvozani nishonga olib ko'rdi. Zarba noaniq.

82. ZARBA. Anvar Hojimirzaevning zarbasi darvoza to'riga yon tarafdan tegdi. 

78. O'ZGARISH. "Bunyodkor", Temurxo'ja Abduxoliqov o'rniga Farruh Qodirov, Najmiddin Normurodov o'rniga Narimonjon Ahmadjonov tushdi.

73. Bugungi uchrashuvni 13 325 nafar stadiondan tomosha qilmoqda. 

67. O'ZGARISH. "Bunyodkor", Imeda Ashortia o'rniga Sardor Abdunabiev, Muzaffar Olimjonov o'rniga Martin Shroler tushdi

67. O'ZGARISH. "Dinamo", Salim Mustafaev o'rniga Sanjar Qodirqulov tushdi.

65. ZARBA. Halilovning uzatmasidan so'ng Hojimirzaev zarba yo'lladi. Noaniq. 

60. O'ZGARISH. "Dinamo", Richard Fraydey o'rniga Hislat Halilov tushdi.

60. O'ZGARISH. "Bunyodkor", Amir To'raqulov o'rniga Azizbek To'lqinbekov tushdi.

46. GOL. "Bunyodkor" ikkinchi bo'limni tezkor gol bilan boshladi. Nosirjon Abdusalomov hisobni 0:3 ko'rinishiga keltirdi. 

46. O'ZGARISH. "Dinamo", Oleksandar Kucherenko o'rniga Marko Stanoevich, Ulug'bek Abdullaev o'rniga Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, Mirjahon Mirahmadov o'rniga Behruzbek Obloqulov maydonga tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+4. Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus

45+3. OGOHLANTIRISH. "Dinamo", Oybek O'rmonjonov

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

45. GOL. "Bunyodkor" birinchi bo'limning so'nggida tablodagi hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirdi. Nosirjon Abdusalomov Temurxo'ja Abduxoliqovni qulay vaziyatga chiqardi, tajribali hujumchi esa himoyachi taqibidan qochib darvozani bu safar ishg'ol qildi.

42. XAVFLI. "Dinamo"dan navbatdagi keskin vaziyat. Oybek O'rmonjonov bu vaziyatda faol harakat qildi.

39. Mezbonlardan yana bir hujum. Yakun samarasiz.

37. Penalti yo'q. Hakam o'yinni davom ettirishni buyurdi.

35. Fraydey yana jarima maydonchasi ichida yiqitildi. VAR vaziyatni ko'rib chiqmoqda. Ehtimoliy penalti!

33. ZARBA. "Bunyodkor"dan yana bir xavfli vaziyat. Temurxo'ja Abduxoliqovning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

30. O'yin nazorati Abramov shogirdlari tomonida, lekin xavfli vaziyatlar sodir etish borasida Zeytullaev jamoasi ustunroq.

27. ZARBA. "Bunyodkor" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov birga bir vaziyatda darvozani ishg'ol qila olmadi. Yagudin bu vaziyatda jamoasining joniga oro kirdi.

26. ZARBA. Ferreyraning zarbasi juda noaniq ko'rinish oldi.

21. Burchakdan uzatib berilgan to'pdan so'ng vaziyat samarasiz yakunlandi.

19. "Dinamo" futbolchisi Fraydey jarima maydonchasi ichida yiqildi. Penalti yo'q, o'yin davom etadi. Burchak zarbasi tepiladi.

15. Samarqandda ochiq va chiroyli futbol ko'rmoqdamiz.

14. ZARBA. "Bunyodkor"dan navbatdagi keskin yurish. Nosirjon Abdusalomovning zarbasini Yagudin qaytardi. 

10. GOL. "Dinamo" hujum qildi, lekin "Bunyodkor" o'zining ilk xavfli vaziyatini gol bilan yakunladi. To'raqulov boshlab bergan hujumni Muzaffar Olimjonov davom ettirdi va to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi. U erda Temurxo'ja Abduxoliqov vaziyatdan foydalandi.

5. Mezbonlardan xavfli hujum. Hojimirzaevning chap qanotdan uzatib bergan to'piga zarba beradigan futbolchi topilmadi. "Bunyodkor" himoyachilari ham raqibiga to'sqinlik qila oldi.

4. Samarqandlik muxlislar stadionda ajoyib muhit yaratishgan. 

1.  "Dinamo" ilk daqiqalardan hujumkor futbolini raqibiga o'tkazmoqda. 

- O'yin boshlandi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

- O'yin 20:00da start oladi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar