«Atletiko» g‘alaba qozondi, lekin Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini tark etdi

  • Mr.NoBoDy 24.06.2025 07:44
  • 36
  • 30

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati "B guruhi" 3-tur doirasidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda Ispaniyaning «Atletiko» jamoasi Braziliyaning «Botafogo» jamoasiga qarshi maydonga tushgan bo‘lsa, «PSJ» klubi «Sietl Saunders»ga bahsda ishtirok etdi.

Madridliklar Braziliya jamoasi ustidan kichik hisobda g‘alaba qozonishdi. Uchrashuvda yagona golni Antuan Grizmann 87-daqiqada Xulian Alvaresning uzatmasidan so‘ng kiritdi. Ushbu g‘alabadan keyin «Atletiko» 6 ochko jamg‘ardi va o‘zaro o‘yinlar natijalari bo‘yicha 3-o‘rinni egallab, musobaqani tark etdi. «Botafogo» ham 6 ochko to‘pladi, lekin ikkinchi o‘rinni egallab, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

“Sietl Saunders”ni mag‘lub etgan “Pari Sen-Jermen” jamoasi esa "B" guruhi g‘olibiga aylandi. Uchrashuvning 35-daqiqasida “PSJ”ning qanot hujumchisi Xvicha Kvarasxeliya burchak zarbasidan so‘ng hisobni ochdi. 68-daqiqada esa jamoa himoyachisi Ashraf Hakimiy hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati — 2025. B guruhi. 3-tur
2025 yil 23 iyun, dushanba. 22:00 MSK
Atletiko Madrid - Botafogo - 1:0
Gol: 1:0 — Grizmann (87)

Sietl Saunders - PSJ - 0:2
Gollar: 0:1 — Kvarasxeliya (35'), 0:2 — Hakimiy (67')

  Jamoa O‘yin G‘alaba Durang Mag‘-yat T-N Ochko
1 PSJ 3 2 0 1 6-1 6
2 Botafogo 3 2 0 1 3-2 6
3 Atletiko 3 2 0 1 4-5 6
4 Sietl Saunders 3 0 0 3 2-7 0

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar