Eslatib o'tamiz, Lyuis "Siti"ning Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati doirasidagi "Vidad"ga qarshi o'yinida to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi.
2:0 hisobidagi g'alabadan so'ng "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hakamning qaroriga qo'shilmasligi va futbolchisi to'pga o'ynaganini aytgandi.
Biroq FIFA Gvardiolaning nuqtai nazarini qo'llab-quvvatlamadi va standart diskvalifikaciyaga yana ikkita o'yin qo'shdi, deb xabar berdi "Sky Sports".
Shu tariqa, Lyuis guruh bosqichida "Al Ayn"dan tashqari "Yuventus" va 1/8 final o'yinini o'tkazib yuboradi.