Superliga. "Dinamo" – "Nasaf" 1:1 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 06.07.2025 20:32
  • 63
  • 30

Superliga 15-turidan o'rin olgan bellashuv davom etmoqda.

Superliga

15-tur

"Dinamo" – "Nasaf" 1:1 (LIVE)

Samarqand. "Dinamo" stadioni. 20:00

Gol: Anvar Hojimirzaev (Sanjar Qodirqulov) 26' – Jahongir O'rozov avtogol 16'

Bosh hakam: Rustam Lutfullin

Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Akmal Giyasov

Zaxira hakami: Sevdiyor Hamroqulov

Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev

VAR: Doston Rahmonov

AVAR: Islom Azimov

Komissar: Davron Ibrohimov

"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 6.Jahongir O'rozov, 7.Ratino, 8.Sanjar Qodirqulov, 10.Anvar Hojimirzaev, 18.Oleksandr Kucherenko, 20.Jaloliddin Jumaboev, 22.Ulug'bek Abdullaev, 25.Oybek O'rmonjonov, 37.Firdavs Abdurahmonov, 88.Marko Stanoevich.

Zaxira: 27.Eden Nemanov, 4.Akbar Abdirasulov, 9.Mirjahon Mirahmadov, 11.Xislat Xalilov, 12.Abdulahadjon Hoshimov, 14.Bahodir Nasimov, 15.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 23.Behruz Oblaqulov, 24.Muhsin Bozorov. 

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 10.Dragan Cheran, 14.Sharof Muhiddinov, 18.Husayn Norchaev, 24.Sardor Bahromov, 34.Sherzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov.

Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 9.Javohir Sidiqov, 17.Suhrob Nurulloev, 22.Igor Golban, 33.Bahodir Xalilov, 55.Diyorbek Abdunazarov, 73.Diyorbek Asomiddinov, 80.Davronbek Usmonov, 92.Umarbek Eshmurodov.

Ogohlantirish: Jahongir O'rozov (7).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



30. Abdullaevning yaxshi o'ylangan pasidan so'ng Ratino to'pga ega chiqolmadi, unga qarshiliklar himoyachilari to'sqinlik qildi. 

26. GOL! Qodirqulovning pasidan keyin Hojimirzaev chap oyoqda darvozani nishonga oldi – 1:1!

21. Zarbaa! Muhitdinovning burchak zarbasidagn oshirib bergan to'pini Davronov bosh bilan darvozaga yo'lladi, sal noaniq. 

19. Abdurahmonov maydon markazida Cheranga nisbatan qo'pollik ishlatdi, serbiyalik hujumchi raqibga etirozini bildirdi. 

16. GOL! Muhitdinovning uzatmasidan keyin Davronov darvozani poyladi, to'p yo'l-yo'lakay O'rozovga tegib to'rdan joy oldi – 0:1!

13. Zarbaaaa! Ratinoning zarbasidan keyin to'p to'sinni qaqshatdi! 

13. Uuuux! Abdurahmonovning aylanma zarbasidan so'ng to'p darvoza to'siniga tegdi! 

9. Zarba! Muhitdinovning zarbasi ko'rinishidan xavfli chiqdi, ammo Yagudin to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.

7. Bozorov 16 ni chizig'i ustida O'rozov tomonidan yiqitildi. "Dinamo" vakiliga sariq kartochka ko'rsatildi. 

4. "Dinamo" himoyachilari Bozorovga nisbatan qoidani buzdi. 

2. O'rmonjonovning yaxshi pasidan so'ng Hojimirzaev to'pni egallab olishga qiynaldi, aks holda juda xavfli vaziyat kuzatilishi mumkin edi. 

1. Uchrashuv boshlandi! 

"Dinamo" – "Nasaf" o'yinida VAR ishlamaydi, bahsni translyaciya qilishda atigi ikkita kamera ishlatiladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar