Superliga
15-tur
"Dinamo" – "Nasaf" 2:1 (LIVE)
Samarqand. "Dinamo" stadioni. 20:00
Gol: Anvar Hojimirzaev (Sanjar Qodirqulov) 26', Marko Stanoevich 45+2' – Jahongir O'rozov avtogol 16'
Bosh hakam: Rustam Lutfullin
Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Akmal Giyasov
Zaxira hakami: Sevdiyor Hamroqulov
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: Islom Azimov
Komissar: Davron Ibrohimov
"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 6.Jahongir O'rozov, 7.Ratino, 8.Sanjar Qodirqulov, 10.Anvar Hojimirzaev, 18.Oleksandr Kucherenko, 20.Jaloliddin Jumaboev, 22.Ulug'bek Abdullaev, 25.Oybek O'rmonjonov, 37.Firdavs Abdurahmonov, 88.Marko Stanoevich.
Zaxira: 27.Eden Nemanov, 4.Akbar Abdirasulov, 9.Mirjahon Mirahmadov, 11.Xislat Xalilov, 12.Abdulahadjon Hoshimov, 14.Bahodir Nasimov, 15.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 23.Behruz Oblaqulov, 24.Muhsin Bozorov.
"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 10.Dragan Cheran, 14.Sharof Muhiddinov, 18.Husayn Norchaev, 24.Sardor Bahromov, 34.Sherzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov.
Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 9.Javohir Sidiqov, 17.Suhrob Nurulloev, 22.Igor Golban, 33.Bahodir Xalilov, 55.Diyorbek Abdunazarov, 73.Diyorbek Asomiddinov, 80.Davronbek Usmonov, 92.Umarbek Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: Jahongir O'rozov (7), Zafarmurod Abdiraxmatov (45+2).
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
45+2. GOL! Marko Stanoevich penaltini "Panenka" uslubida amalga oshirib, hisobni o'zgartirdi – 2:1!
45+2. Penalti! Abdiraxmatov Hojimirzaevni yiqitgani uchun penalti belgilandi. Aybdorga sariq kartochka ham berildi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
41. Ratino Mozgovoy bilan jiddiy to'qnashib ketdi, ikki futbolchiga ham tibbiy yordam ko'rsatildi.
38. Akmal Mozgovoy hujum chog'ida raqibga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
36. Zarbaaa! Abdurahmonovning yaqin masofadan bergan zarbasini Nematov bartaraf etdi.
33. O'rozovdan Homijirzaev tomon uzun pas etib keldi, biroq hujumchi ofsaydda qolgani malum bo'ldi.
30. Abdullaevning yaxshi o'ylangan pasidan so'ng Ratino to'pga ega chiqolmadi, unga qarshiliklar himoyachilari to'sqinlik qildi.
26. GOL! Qodirqulovning pasidan keyin Hojimirzaev chap oyoqda darvozani nishonga oldi – 1:1!
21. Zarbaa! Muhitdinovning burchak zarbasidagn oshirib bergan to'pini Davronov bosh bilan darvozaga yo'lladi, sal noaniq.
19. Abdurahmonov maydon markazida Cheranga nisbatan qo'pollik ishlatdi, serbiyalik hujumchi raqibga etirozini bildirdi.
16. GOL! Muhitdinovning uzatmasidan keyin Davronov darvozani poyladi, to'p yo'l-yo'lakay O'rozovga tegib to'rdan joy oldi – 0:1!
13. Zarbaaaa! Ratinoning zarbasidan keyin to'p to'sinni qaqshatdi!
13. Uuuux! Abdurahmonovning aylanma zarbasidan so'ng to'p darvoza to'siniga tegdi!
9. Zarba! Muhitdinovning zarbasi ko'rinishidan xavfli chiqdi, ammo Yagudin to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.
7. Bozorov 16 ni chizig'i ustida O'rozov tomonidan yiqitildi. "Dinamo" vakiliga sariq kartochka ko'rsatildi.
4. "Dinamo" himoyachilari Bozorovga nisbatan qoidani buzdi.
2. O'rmonjonovning yaxshi pasidan so'ng Hojimirzaev to'pni egallab olishga qiynaldi, aks holda juda xavfli vaziyat kuzatilishi mumkin edi.
1. Uchrashuv boshlandi!
"Dinamo" – "Nasaf" o'yinida VAR ishlamaydi, bahsni translyaciya qilishda atigi ikkita kamera ishlatiladi.