"Tottenxem" Yaponiya milliy terma jamoasi himoyachisining transferini elon qildi

  • Mr.NoBoDy 09.07.2025 00:08
  • 42
  • 30

Angliyaning "Tottenxem" klubi o'zining rasmiy veb-saytida "Kavasaki Frontale" klubidan himoyachi Kota Takaini o'z safiga qo'shib olganini malum qildi.

Yaponiya milliy terma jamoasi azosi "shporlar" bilan 2030 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi.

20 yoshli Takai "Kavasaki Frontale" akademiyasida tarbiya topgan. 2022 yil aprelida 17 yoshida Kota asosiy jamoa tarkibida ilk bor maydonga tushdi. O'shandan buyon himoyachi klubning barcha musobaqalardagi 81 ta o'yinida ishtirok etib, to'rtta gol urdi hamda o'tgan mavsumda jamoasining Elit OCHL finaliga chiqishiga hissa qo'shdi. 2024 yil sentyabrida u Yaponiya milliy terma jamoasi safida debyut qildi va bugungi kunga qadar milliy jamoa uchun to'rtta o'yin o'tkazdi.

Transfermarkt internet portali Takaining bozor qiymatini 2,5 million evroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar