"Dinamo" xorijda yig'in o'tkazadi

  • Mr.NoBoDy 09.07.2025 19:40
  • 60
  • 30

Superliga 15-turi doirasidagi Dinamo - Nasaf (2:2) uchrashuvidan keyin Dinamo jamoasi qisqa tatilga chiqdi.

Birinchi davrani muvaffaqiyatli o'tkazgan Vadim Abramov shogirdlari bir haftalik dam olishdan keyin 14 iyuldan mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni boshlaydi. «Dinamo» jamoasi yozgi tanaffusda Belarus poytaxti Minsk shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazishni hamda tarkibni kuchaytirishni rejalashtirgan. Xorij yig'ini doirasida Samarqand jamoasi 4ta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi ko'zlangan. Raqib jamoalar va nazorat o'yinlari sanasi haqida yig'in boshlangach malumot beriladi. «Dinamo» 12 kunlik yig'indan 26 iyul kuni qaytadi.


Malumot uchun, «Dinamo» Superliga 2-davrasining dastlabki o'yinida 2 avgust kuni Samarqandda «Navbahor»ni qabul qiladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar