Hujumchiga Avstriyaning “Rapid“ klubidan rasmiy taklif tushgan. Avstriya jamoasi germaniyalik futbolchiga ikki yillik shartnoma va yiliga 3 million evro berishga tayyor.
Malumot uchun, Tomas Myuller “Bavariya“ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U nemis klubi safida 750 ta uchrashuv o'tkazgan. Uning hisobida 250 ta gol va 276 ta golli uzatma bor. 35 yoshli hujumchi “Bavariya“ bilan jami 33 ta sovrin yutgan. Shuningdek, Tomas Myuller Germaniya bilan JCHda ham g'alaba qozongan.