Pulishich Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 12.07.2025 16:32
  • 36
  • 30

Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi "Milan" hujumchisi Kristian Pulishich transferini ko'rib chiqmoqda.

Manbaga ko'ra, italiyaliklar hozircha rasmiy taklif olmagan va 26 yoshli amerikalik futbolchini o'zlarining uzoq muddatli strategiyasida muhim o'yinchi sifatida ko'rishmoqda.

Pulishichning "Milan" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor narxini 50 mln evroga baholagan.

Pulishich 2024/25 yilgi mavsum "rossonerilar" safida barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar