“Chelsi” darvozaboni Robert Sanches klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining eng yaxshi darvozaboni deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, londonliklar final bahsida “PSJ”ni (3:0) yirik hisobda mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi. O‘yindan so‘ng Sanchesga “Oltin qo‘lqop” sovrini topshirildi.
“Aristokratlar” kiperi o‘yin davomida jamoaning ko‘plab gollardan saqlab qolib, g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shdi.