“Chelsi” vingeri Joau Pedro klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalidan so‘ng “PSJ” futbolchilar bilan yuz bergan mojaro borasida o‘z fikrini bildirdi.
“Aslida men Santosni himoya qildim. Raqiblar uni o‘rab olganini ko‘rgandim. Bu yerda ko‘pchilik bor edi. Ular orasidan kimdir meni turtib yubordi.
Menimcha, bu jamoa mag‘lubiyani qabul qila to‘g‘ri qabul qila olmaydi, ammo g‘alaba va yutqazish futbolning bir bo‘lagi hisoblanadi.
Buni unutishimiz va g‘alabani bayramona nishonlash vaqti keldi”, - deya braziliyalik futbolichning so‘zlaridan keltiradi Globo Esporte.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” finalda “PSJ”ni (3:0) mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi. Gollardan birini aynan Pedro kiritdi.