"Chelsi" Klublar o'rtasidagi JCHda qancha ishlab oldi?

  • Mr.NoBoDy 14.07.2025 14:08
  • 42
  • 30

Londonning "Chelsi" klubi Klublar o'rtasidagi mundialda g'olib chiqqani uchun 120 million dollar oladi.

Bu haqda "The Athletic" xabar berdi.

"Chelsi" finalda PSJga hech qanday imkon qoldirmadi (3:0) va 120 million dollarli bo'ldi. Bundan tashqari, londonliklar 4 yil davomida maxsus nishonni taqib yurish huquqini qo'lga kiritdi.

"Chelsi" musobaqada 1 marta mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Enco Mareska shogirdlari guruh bosqichida "Flamengo"ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ўхшаш янгиликлар