Jamoa "Benfika"ning 22 yoshli himoyachisi Alvaro Karrerasni 50 million evroga sotib oldi. Shartnoma 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Alvaro Karreras "Real" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2020 yilda tekinga "Manchester Yunayted"ga ko'chib o'tgandi. O'tgan yilning yozida esa Manchesterdan "Benfika"ga 6 million evroga o'tgan.
O'tgan mavsumda Karreras barcha musobaqalarda 52 ta o'yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 35 million evroni tashkil etadi.